Nashr malumotlariga ko'ra, futbolchining transferi 22 yanvar kuni amalga oshishi mumkin. “Atletiko” hujumchini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. “CHelsi” futbolchini ushbu shart bilan sotish uchun 60 million evro ishlab oladi.
Atletiko esa Moratani sotib olish uchun Jelson Martinsh va Nikolo Kalinich xizmatlaridan voz kechish niyatida.
26 yoshli Morata 2017 yilning yozida “Real”dan “CHelsi”ga kelib qo'shilgandi. Londonliklar o'shanda futbolchi uchun 66 million evro to'lashgandi. Joriy mavsumda hujumchi APLda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urishga erishdi.