16 iyu 23:23

Rasman: "Atletiko" 30 mln evrolik transferni amalga oshirdi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Markaziy himoyachining shartnomasi 2030 yilgacha tuzildi.

Jonni Kardozo "Betis"dan "Atletiko"ga o'tkazildi. Madrid klubi 23 yoshli markaziy himoyachining transferi bo'yicha "Betis" bilan kelishuvga erishganini elon qildi. Kardozo bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolandi.

Malum qilinishicha, bitim summasi 30 million evroni tashkil etadi, shuningdek, yaqin kelajakda to'lanishi mumkin bo'lgan qo'shimcha mukofotlar ham ko'zda tutilgan.

Kardozo La Liganing o'tgan mavsumida "Betis" safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta gol uzatmasini amalga oshirdi.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +3 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика