Sobiq futbolchi Rio Ferdinand o'z "YouTube" kanalida taniqli murabbiy Joze Mourinyu bilan suhbat uyushtirdi. Ushbu intervyu mezbonlari Jozedan 2010 yilgi "Oltin to'p" sovrini nohaq tarzda Lionel Messiga berilganmidi, deb so'rashdi.
- 2010 yilgi "Oltin to'p" Uesli Sneyderdan o'g'irlanganmidi?
- O'g'irlangandi deyishni yoqtirmayman. O'sha yili bu sovrinni kim olgandi? Messimi?
- Ha, Messi.
- Unday bo'lsa, yo'q, o'g'irlanmagandi. Bunday deb bo'lmaydi. O'sha mavsum Snayder trebl qayd etgandi. U Jahon chempionati finalida ham o'ynagandi. Uesley eng kamida kuchli uchlikka loyiq edi. Bilasizmi, o'sha davrda Ronaldu va Messi yutgan barcha "Oltin to'p"lar haqli tarzda qo'lga kiritilgandi.