15 fev 2024 23:44

Marselo Galyardo: "'Navbahor' himoyasi zich edi, shu sababli, uni yorib o'tolmadik"

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
OCHL 1/8 finalidan o'rin olgan "Navbahor" - "Al Ittihod" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Marselo Galyardo matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz yaxshi o'yin o'tkazdik, ammo maydon yuqori sifatda emasdi. Biz yaxshi himoyalandik va darvozamiz yonida xavf yaratilishiga yo'l qo'ymadik. Birdamlikda harakat qildik. Jamoaning o'yinidan xursandman. 

Raqib himoyasi zich edi, shu sababli, uni yorib o'tolmadik. Jidda shahridagi o'yin boshqacha o'tadi. So'nggi vaqtlarda jarohatlar tufayli bizga omad kulib boqmadi. 

Biz 19 nafar futbolchi bilan o'ynayapmiz, qolganlarning ham tezroq safga qaytishi uchun harakat qilyapmiz. 

Bugun Romarinoda ham biroz zo'riqish sezildi, ammo bu jarohat emas. Menimcha, u javob o'yiniga shay holatda bo'ladi", — dedi argentinalik mutaxassis.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  0 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика