So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  3 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Licenziyalash talablarini bajargan klub istalgan vaqtda yangi futbolchi bilan shartnomani PFL ro'yxatidan o'tkazishi mumkin Yangiliklar

Licenziyalash talablarini bajargan klub istalgan vaqtda yangi futbolchi bilan shartnomani PFL ro'yxatidan o'tkazishi mumkin

Oldinroq xabar berganimizdek, 17 dekabr sanasidan etiboran Superliga klublari yangi futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalarni PFL ro'yxatidan o'tkazishi mumkin.

Bu jarayon 2019 yilning 7 mart sanasiga qadar davom etadi.

Qayd etish joizki, AGMK va “Paxtakor” jamoalari Osiyo CHempionlar ligasi saralashi doirasida qolganlardan biroz ertaroq mavsumni boshlashadi. Superligada yangi mavsum starti esa 1 mart etib belgilangan.

Ayni paytda jamoalar tarkibini kuchaytirish maqsadida o'z safiga qo'shib olishni istagan yangi futbolchilari bilan shartnomalarini PFLda ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin. Lekin avvalo klublar oldiga qo'yilayotgan talablarni bajarishi lozim bo'ladi. Yani, oldindan malumot berilganidek, “O'FA va O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini licenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo'yicha reglament”da ko'rsatilgan talablar, jumladan o'z akademiyasiga ega bo'lish, uy stadioni maydoni yaxshi holatda bo'lishini taminlash hamda futbolchilari oldida qarzdorligi mavjud emasligini ko'rsatgan klub haftaning istalgan kunida yangi futbolchilari bilan shartnomalarni PFL ro'yxatidan o'tkazishi mumkin bo'ladi.

Futbol klublari shu vaqtga qadar futbolchilar bilan shartnomalar tuzgan va ular ro'yxatga olingan. Lekin ortda qolib ketayotgan qarzdorliklar masalasi, PFL tomonidan qo'yilgan talablar jiddiy nazoratda bo'lmagan. Endilikda esa hammasi o'z o'rnida va tartibi bilan bo'ladi. Klub avval eski qarzdorliklari masalasini hal qiladi, undan keyin talablarni bajarish yuzasidan ish olib boradi.

SHuningdek, 2019 yilgi mavsum uchun licenziyalash talablarida futbol klublari markazlashgan tibbiy ko'rikdan o'tishlari belgilab qo'yilgan. Professional futbol ligasi tibbiy xulosalar asosida futbolchiga o'z ligalarida o'ynash huquqini taqdim etadi. SHartnoma tuzishdan avval klub xoh legioner bo'lsin, xoh mahalliy o'yinchini markazlashgan tibbiy ko'rikdan o'tkazishi shart bo'ladi.

Takidlash joiz, futbolchi va klub o'rtasida tuzilgan shartnoma bir oy muddat ichida ro'yxatga qo'yilmasa, PFL mazkur shartnomani tan olmaydi.  

Alohida qayd etish lozimki, Superliga klublari 10 fevralga qadar, Pro liga jamoalari esa 20 fevralgacha licenziyadan o'tishlari mumkin bo'ladi. Licenziyalash jarayonini muvaffaqiyatli yakunlaydigan jamoa yangi futbolchilar bilan shartnomalarni PFL ro'yxatidan o'tkazishi mumkin. Licenziyalash muddati tugashiga esa oz qolmoqda…

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика