30 jan 2019 14:37

Ku Ja CHol va Ki Son Yon terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Yarim himoyachilar Ku Ja CHol va Ki Son Yon uchun BAAdagi Osiyo Kubogi ularning Koreya terma jamoasidagi so'nggi turniri bo'ldi.

Futbolchilar terma jamoadagi faoliyatini yakunlashdi. Bu haqda futbolchilar Qatarga qarshi chorak final o'yinidan (0:1) keyin jurnalistlarga malum qildi. Bir necha daqiqa oldin Koreya futbol federaciyasi o'yinchilar milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini xabar berdi.

Ku Ja CHol Koreya terma jamoasidagi faoliyatini 2008 yilda boshlagan edi. Yarim himoyachi milliy jamoada 76ta o'yin o'tkazib, 19ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Ki Son Yon ham milliy jamoadagi debyutini 2008 yilda o'tkazgan. Futbolchi Koreya terma jamoasida 110ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Manba : twitter.com/theKFA
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +8 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика