So’nggi yangiliklar

12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  2 12:00Лунин қарор қилди  0 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  3 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  7 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  8 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  4 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  41 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0

Klublar o'rtasidagi JCHda yana bir Bellingem porlamoqda. U "Borussiya" uchun ingliz top klublari takliflarini rad etgan Yangiliklar

Klublar o'rtasidagi JCHda yana bir Bellingem porlamoqda. U "Borussiya" uchun ingliz top klublari takliflarini rad etgan

Ulkan iqtidor sohibi yangi klubdagi yo'lini boshlamoqda.

Job boshqa yo'ldan ketdi

Istalgan futbolchiga professional darajada to'p tepadiganlar orasida akasi bo'lsa, ancha qiyin bo'ladi. Ustiga-ustak u faoliyatining cho'qqisida bo'lsa. Bellingemlarning o'rtasidagi tafovut sezilarli. Jud – yosh iqtidor, o'ta erta "Borussiya"da porlab, Evropaning top klublaridan taklif oldi va yakunda "Real"ga ko'chib o'tdi. 21 yoshli Jud hozirning o'zida – "qaymoqranglilar" etakchisi hisoblanadi. Uning kichik ukasi Job esa yo'lning avvalida turibdi. Umuman olganda uning faoliyati ham boshqacharoq yo'sinda davom etmoqda.

Jud 16 yoshida jonajon "Birmingem" klubi safida Chempionshipdagi ilk uchrashuvlarini o'tkazgan, o'sha yiliyoq asosiy jamoa safida to'liq mavsum o'tkazib, 17ga to'lmay Dortmundga yo'l oladi – "arilar", Angliyaning quyi ligasida emas, Evropaning top-chempionati ishtirokchisi. Qo'shimchasiga Dormundda yosh iqtidorlarga qanday etibor berilishi hech kimga sir emas. Undan keyin bo'lgan ishlarni esa yaxshi bilamiz.

Uning ukasi keskin o'zgarishlar qilishga shoshilmadi va deyarli 19 yoshgacha tumanli Albionda qoldi. Chempionshipda xavbek uch mavsum to'p tepdi. Bu vaziyatning mantiqiy izohi ham yo'q emas – Job qaerda bo'lmasin, akasi bilan solishtiraverishadi, ammo top-chempionatda bosim yanada kuchliroq bo'ladi. Shu sababli yaqinlari yigitcha oyoqqa mustahkam turib olmaguncha tavakkal qilishni istashmadi.


"Angliya sarguzashti" yakuniga etdi

Bir tarafdan, kichik Bellingem shunchaki akasining yo'lini takrorlashga urinmagani yaxshilikka bo'ldi. Sababi Chempionshipdagi davr ham ancha qiziqarli kechdi. Malum pallada Job "Birmingem" darajasidan o'tib bo'lgani sezilib qoldi – natijada, "Sanderlend"ga transfer amalga oshirildi. O'shanda Chempionshipga qaytgan "qora mushuklar" omadli mavsum o'tkazib – 72 ochko bilan oltinchi pog'onani band etishdi. Bir qarashda jamoa Premer-Liga yo'llanmasi uchun chinakamiga kurashga tayyordek edi.

"Sanderlend" uchun og'ir 2023/24-yilgi mavsumda yarim himoyachi jamoa etakchisiga aylandi chempionatning 45 o'yinida 7 ta gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Ko'z ochib yumguncha jamoa yana o'ziga keldi va Premer-Ligaga qaytishni uddaladi, Job esa mana shu klubning etakchisi edi. "Qora mushuklar"ni toplar qatoriga franciyalik murabbiy Rejis Le Bri qaytardi. Bungacha murabbiy "Loryan"da ishlagan va shov-shuvli natijalar qayd etmagandi. Aytish mumkinki, "Sanderlend"dagi muvaffaqiyat mutaxassis uchun ham faoliyatidagi keskin burilish desa, mubolag'a bo'lmaydi. U tarixi boy klubni Evropaning eng mashhur chempionati elitasiga qaytara oldi.

Job esa yosh bo'lishiga qaramay, "Sanderlend"ning o'zgarmas etakchisiga aylandi. 43 uchrashuvda uning hisobida 4 ta gol va 3 ta assist, jamoa esa pley-off bosqichi orqali APL yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoa o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajardi, uning etakchisi esa 20 yoshga to'lib ulgurmagan – u katta klublar safida to'p tepishga tayyor (biroz kutilmagan jihati APLning qator top klublari qiziqishiga qaramay, u Angliyadan ketishni maqul ko'rdi).


Kovach kichik Bellingemdan mamnun, lekin o'sishi mumkin bo'lgan jabhalar etarlicha

Yozda jamoa tanlash vaqti etdi. Bu kurashda ayniqsa Bundesliga klublari etakchiligi aytildi: "Ayntraxt", "Leypcig" va Dortmundning "Borussiya"si. Chamasi, tanlovda yosh iqtidorlarni kuchaytirib, top-klublarga sotishni yo'lga qo'ygan jamoalarga urg'u berilgan.

Frankfurt klubi malum vaqt o'tib, kurashdan chiqdi, "arilar" esa bu borada sabr bilan oxirigacha bordi. Tomonlar kelishuv shartlarini uzoq muhokama qilishdi – "Sanderlend" o'zining qimmatli kadri uchun 30+ mln evro talab qilsa, "Borussiya" narxni imkon qadar tushirishga urinardi. Oxirgi malumotlarga ko'ra, muzokaralar 33+5 mln evro bonusda to'xtagan.

Niko Kovach uchun bu ajoyib transfer. Xorvatiyalik menejer yarim himoyachining jismoniy holati va chidamliligiga yuqori baho berdi, bu esa maydon markazi vakili uchun muhim jihatlar. Kovach shunday dedi:

"U kuchli, chidamli va o'yinni yaxshi his qiladi. U hamon oxirgi vaqtlar mashg'ulotlarda amalga oshirgan ishlarimizni tahlil qilish, o'zlashtirish bilan ovvora. 19 yoshda unga intizom etishmayapti. U, ayniqsa to'p raqibdaligida, poziciyasini yo'qotib qo'yishi ham ko'p kuzatilmoqda".

Chindan Job haqiqiy etuk futbolchi bo'lishi uchun o'z ustida hali ishlashi zarur bo'lgan jihatlar mavjud. Ammo gap 19 yoshli yigitcha haqida ketmoqda va "Borussiya"ga ko'chib o'tgani, bu borada unga katta foyda keltirishi kerak.

"Borussiya" sovrin uchun kurashishga tayyor emas, lekin "arilar" va Job bir-biriga yordam bera oladi

Jud "Borussiya"da klub uchun ancha yaxshi davrda to'p tepgandi. O'shanda jamoa ham kuchliroq edi, aniq ishlayotgan loyiha, klub "Bavariya"ga qarshi chinakamiga kurashgan, hattoki 2022/23-yilgi mavsum sovrin uchun kurashgandi. O'shanda dortmundliklar oxirgi turda chempionlikni qo'ldan chiqarishgandi.

Bu borada Jobning omadi chopmadi – u tushunarsiz mavsumdan keyin, Nuri Shaxin ishonchni oqlamay, yo'l-yo'lakay o'zgarishlar amalga oshirilgan mavsumdan keyin jamoaga keldi. Niko Kovach o'ziga berilgan vaqt davomida "sariq-qoralar" unga ishonishi mumkinligini ko'rsata oldi. Bahordagi muvaffaqiyatli o'yinlardan keyin klub ECHL zonasiga qaytdi va etakchilar ham qayta jonlangandek tasavvur uyg'ondi.

Bunday murabbiy bilan hamkorlikning ustun jihatlari bo'lgani kabi, tavakkalchilik qismi ham yo'q emas. "Borussiya" etakchilarini yo'qotishi mumkin – klub yoshlarni top-klublar darajasigacha ko'tarib, ular bilan xayrlashishga majbur. Hozir gap Gittens, o'zini yaxshi ko'rsata olgan Girassi haqida ketmoqda. "Borussiya" uchun keyingi mavsum juda qiyin kechishi ham mumkin. Bundesligada "Bavariya" odatdagidek chempionlik uchun asosiy nomzod, ten Xag qo'l ostida "Bayer" yangicha uslubda o'zini ko'rsatishi mumkin, "Leypcig" doimiy ravishda eng yuqori o'rinlar uchun kurashadi, bunga yana "syurpriz jamoalar"ni qo'shing. Job Bellingem yangi jamoada etakchiga aylanish uchun kurashadi – u akasi darajasigacha chiqishni niyat qilgan va bu "Borussiya"ga ham yordam beradi, "Borussiya" esa Jobga yordam beradi. Shunday ekan, bu tavakkalchilik asosiga qurilgan, ammo har ikki tomon uchun foydali hamkorlik. Klublar o'rtasidagi JCHda futbolchi guruh bosqichida o'zini ko'rsatishga ulgurdi va debyut golini urdi. Pley-offdagi ishonchli o'yin uning jamoadagi rolini oshirishi mumkin.

Yana bir necha soatlardan keyin, aniqrog'i ertaga tonggi 06:00da "Borussiya"ning 1/8 final doirasidagi "Monterrey"ga qarshi o'yini start oladi. Job katta ehtimol bilan bu uchrashuvda maydonga tushadi. Samarali harakatlar amalga oshira oladimi, uyog'ini vaqt ko'rsatadi.


TerminaTor

Reyting: +3   

Fikrlar

   
02 iyu 09:06:56
Sanjik barsa
Ha barsaga bitta aqilli, baquvvat futbolchi kerak
   
01 iyu 23:05:59
Muzaffar Murodqosimov
Agar Barsaga o'tsa aka ukalar "epoxa" sini ko'rarmidik
   
01 iyu 20:57:26
Californication
Barsada o'ynasa zo'r bo'lardi
championat.asia
Яндекс.Метрика