So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Kibersport. Biznikilar ham jahon chempionatida ishtirok etishadimi? Yangiliklar

Kibersport. Biznikilar ham jahon chempionatida ishtirok etishadimi?

Joriy yilning mart oyida Xitoyning CHuncin shahrida kibersport o'yinlari bo'yicha jahon chempionati (WESG 2018) bo'lib o'tadi.

Bir necha hafta oldin ushbu musobaqaning saralash uchrashuvlari yakuniga etdi. Jahon chempionatiga chiqish uchun kurashgan O'zbekiston jamoalari va kibersportchilarining ishtiroki haqida malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.

Dota 2
Markaziy Osiyo saralash bosqichida O'zbekiston sharafini Comeback nomli jamoa himoya qildi. Ular yarim finalda Qirg'izistonning NoLifer5 jamoasiga mag'lub bo'lib, jahon chempionati yo'llanmasidan quruq qolishdi.
Saralash g'olibi: NoLifer5 (Qirg'iziston)


Counter-Strike: Global Offensive
Ushbu o'yin bo'yicha ham vakillarimiz muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi. O'zbekiston nomidan saralash uchrashuvlarida qatnashgan Prodigy Gaming yarim finalda Qozog'iston jamoasiga mag'lub bo'ldi va jahon chempionati chiptasini qo'lga kirita olmadi.
Saralash g'olibi: Kazakhstan (Qozog'iston)



StarCraft II

StarCraft o'yini bo'yicha saralash uchrashuvida ishtirok etgan Pheonix nikli ishtirokchimiz hal qiluvchi bahsda qozog'istonlik Replicant nikli raqibiga mag'lub bo'ldi va mundial yo'llanmasini qo'ldan boy berdi.


PES2019
Pro Evolution Soccer o'yinida hamyurtimiz Salohiddin Esonov Markaziy Osiyo saralash bosqichida g'olib chiqdi va kompyuter o'yinlari bo'yicha Xitoyda bo'ladigan jahon chempionati (WESG) chiptasini qo'lga kiritdi.


SHunday qilib, mamlakatimizdan faqat bir kishi (Salohiddin Esonov) jahon chempionati o'yinlarida ishtirok etadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика