"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne ushbu mavsum yakunlangach Saudiya Arabistoni klublari nishonida bo'ladi. Osiyoliklar uchun de Bryuyne eng asosiy maqsad bo'ladi. Futbolchiga o'ta katta takliflar kelib tushishi kutilmoqda. Saudiya Arabistonining to'rtta gigant klubi belgiyalik dahoni qo'lga kiritishga urinib ko'rishadi.
SHuni qayd etish joizki, yozda saudiyaliklar Kazemiroga taklif jo'natishadi. Bundan tashqari, Muhammad Saloh transferi ham amalga oshirilishi mumkin.