So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  52 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  1 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  9 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  10 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Kamoliddin Tojiev: "Barcha o'yinlarda oxirigacha kurashyapmiz" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Barcha o'yinlarda oxirigacha kurashyapmiz"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Dastlab o'yin haqida fikringiz?

- Bugun o'yinni yaxshi boshladik. Afsuski, yo'q joydan gol o'tkazib yubordik. Bu esa futbolchilarimizga tasir qildi. Keyinroq o'zimizga kelib oldik va vaziyatni o'nglashga harakat qildik. Oxirgi soniyalargacha hamma o'yinlarda kurashyapmiz, buning uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman. O'ylaymanki, qiziqarli o'yin bo'ldi. "Dinamo" ham juda yaxshi, futbol o'ynaydigan jamoa.

- "Paxtakor"ni jadvalning yuqori qismida ko'rishga odatlanib qolganmiz. Lekin hozir vaziyat shundayki, boshqalar ilgarilab ketdi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Birinchi davrada ko'p yutqazib qo'ydik. Bu esa hozir ham tasir qilyapti. Lekin oxirigacha kurashamiz.

- Ketma-ket o'yinchi almashtirishni qanday izohlaysiz?

- Futbolchilarda toliqish borligini ko'rib shu qarorga keldik. Bu bilan vaziyatni tezroq o'nglashga harakat qildik.



- Yozgi transfer oynasida Aziz Turg'unboev taklif etildi. Negadir uning imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmayapti?

- Aziz chap qanot himoyasida ham, yarim himoyada ham birdek o'ynay oladi. Uning oldinga borib yana orqaga qaytishga bemalol kuchi etadi. Shu bois hozircha faqat qanotda o'ynatyapmiz.

- Turg'unboev, Abdixoliqov, Erkinov kabi futbolchilar bungacha legioner bo'lganlar va endiliklar "Paxtakor"da o'ynashyapti. Ammo bu futbolchilarda etakchilik qobiliyati ko'rinmayapti.

- Bir narsani unutmang, chempionatimiz darajasi ancha oshgan. Biz saviya bo'yicha arablardan kuchlimiz. Hammasi sekin-asta bo'ladi.

- Jamoangiz tarkibi kuchaydi, yangi futbolchilar qo'shildi. Muxlislar esa shunday deyishyapti: Kamoliddin Tojiev yoshlar bilan yaxshiroq ishlardi. Bu fikrga qanday qaraysiz?

- Aytganingizdek, yoshlar bilan doim ishlab kelganmiz va bundan keyin ham davom etadi. Qo'l ostimizda yaxshi futbolchilar jamlangan. Yoshlarni tarbiyalab terma jamoa darajasiga olib chiqishga harakat qilamiz. Lekin hadeb yoshlarga suyanib qolmaslik kerak. Baribir futbolda tajriba muhim rol o'ynaydi.

- Stadiondagi muhit haqida

- Muhit juda zo'r bo'ldi. Futbolchilar ham maza qilib o'ynashdi. Natijaga keladigan bo'lsak, bu erga g'alaba uchun kelgandik. Lekin durang ham yomon emas.

Reyting: +2   

Fikrlar

+3   
12 avg 00:57:45
BXZ BXZ
Abdullo Rahimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Boriev,sobirxojayev,alijonovi yoqotish kere
Нима учун Алижонов , Бу́риев ва Собирху́жаев Мтж аъзолари ва Пахтакорни лидерлари нима сиз Пахтакорни янада бу́шашиб кетиши ёки Про лигага тушишини хохлайсизми . У́нг канот химоясида Алижоновдек хужумкор химоячи чемпионатимизда йу́к . Бу́риев чистилщик ролида ким ундан яхши у́йнайди факат Хамробеков у Эронда . Собирху́жаев ту́гри даражаси жуда кучлимас ундан кучли уни позициясида футболчилар У́зб чемпионатида 3-4 топилади лекин уларни жамоаси ку́йвормиди ёки сотмайди .
+2   
12 avg 09:25:08
Bois Saidxanov
Нега? Нега Абрамовича офсайд хакида сурадиларинг? Тожиевдан нега пенальти хакида сурамадиларинг?
+2   
12 avg 03:34:46
Jamshid
Kamoliddin tojiev menimcha futbolchilarni oʻynata olmayapti Paxtakor tarkibi superligada eng zoʻrlaridan biri , ammo jamoada murabbiy imzosi koʻrinmayapti , paxtakorga kuchliroq murabbiy olib kelish kerak
+2   
12 avg 01:02:38
BXZ BXZ
Комолиддин Тожиев кизик гапирибди чемпионатимиз савияси ошган биз араблардан кучлимиз дебди лекин Саудия Арабистони чемпионати бизни чемпионатдан бир бош кучли бу́лса бордир лекин бизни чемпионатдан кучсиз эмас . Пахтакорга кейинги у́йинларда омад .
+2   
12 avg 00:37:27
Amirjon Azimkulov
Yeee bilaaa bu murabbiy ni boshqa rasmi ham bor ekanmi???
Qachon qaramay bir xil formadagi rasmi quyilardi
-1   
12 avg 05:43:11
Jons
Taktika yo'q, o'zi ko'rsatma berishni o'rniga, ko'rsatma berayotgan Abramovni tomosha qilyapti jon holatda. O'yin paytida umuman gapiraolmayapti o'yinchilarga. Kamiga jamoada yetakchi ham yo'q, oldinga undiydigan, dux beradigan, maydonda boshqaradigan. Masalliq uvol bo'lyaptida.
-2   
12 avg 09:01:09
mirabzal
1 уйинчи куп булиб юутомади пазор ракибдан анча кучли таркиб билан
-2   
12 avg 00:46:17
Abdullo Rahimov
Boriev,sobirxojayev,alijonovi yoqotish kere
championat.asia
Яндекс.Метрика