So’nggi yangiliklar

13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  2 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  0 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  0 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  10 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0

Janluijjining qaytishi. Italiyaning eng yaxshi darvozaboni Yangiliklar

Janluijjining qaytishi. Italiyaning eng yaxshi darvozaboni

Janluijji rimliklarga qarshi bahsda yaxshi o'ynadi. Gol bo'lganda ham ajoyib harakatlari bilan darvozani saqlab qolishga urindi.

Darvozabon yuqori ballga ega bo'ldi. Jurnalist va muxlislarni faqat bir savol qiziqtirdi: "U avval qaerda edi?". "Milan"dagi o'rnini saqlab qolish borasidagi gap-so'zlar mavsum boshida ayniqsa, ko'p to'p o'tkazib yuborilgan paytda avj oldi. A Seriyaning dastlabki 10ta o'yinida "qizil-qoralar" to'p o'tkazib yubordi, "Napoli" va "Inter"ga qarshi bahsda esa mag'lub bo'ldi. Derbida urilgan gol yosh kiper avtoritetiga salbiy tasir qildi, lekin murabbiy uni qo'llab-quvvatlab, klubning asosiy posboni lavozimini unga ishonib topshirdi.

19 yoshli darvozabon unga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qildi. U "Milan" himoyasi borasidagi masuliyatli ishni o'z zimmasiga olib, etakchi o'yinchilar safiga qo'shila oldi. Va nixoyat, Donnarumma unga bo'lgan yaxshi munosabat, mahoratiga bo'lgan ishonch, jamoaga kerakligini his qilgan holda o'z ampulasi uchun kerak bo'lgan jasoratga erishdi.

Jovanni Galli, "Milan" sobiq darvozaboni: "U 17-18 yoshida xato qilardi, balki juda ko'p qo'pol xatolarga yo'q qo'ygandir. Endi u ulg'aymoqda, undan umidim katta. Janluijji o'zini to'liq namoyon eta oladi".

Dino Dzoff, Italiya termasi sobiq darvozaboni va murabbiyi: "Donnarumma o'zini boshqara oladigan tajribali o'yinchi bo'lib voyaga etdi. U xatolardan endi o'zini yo'qotib qo'ymayapti. U "Roma"ga qarshi bahsda bir vaqtning o'zida 2ta seyv qila oldi".

Janluka Palyuka, Italiya termasining 90-yillardagi darvozaboni: "So'zsiz, u termaning birinchi raqamli darvozaboni. Jismonan baquvvatligi va o'z ustida yaxshi ishlashini hisobga olsak, u eng yaxshi darvozabonlardan biri bo'lishiga shubha yo'q".

Hozirda "Milan" hujum borasida oqsamoqda, yangi o'yinchilar kelishi vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartirishi mumkin. Biroq ko'p narsa himoyaga ham bog'liq. So'nggi o'yinlarda aynan mudofaa chizig'i va darvozabon katta masuliyatni o'ziga oldi. Aslida Rino Gattuzoning o'yin uslubi ham aynan shunday.

CHempionlar Ligasidagi o'rin uchun kurashda Gattuzo jamoasining posboni jismoniy ko'rinishi katta ahamiyat kasb etishi mumkin. Mutaxassislar "qizil-qoralarning" navbatdagi o'yinlari Evropaning asosiy turniriga chiqish uchun hal qiluvchi omil bo'lishiga ishonishmoqda. "Kalyari" , "Atalanta"  va  "Empoli" — jamoaning fevraldagi raqiblari hisoblanadi. Bergamoda g'alaba qozonib, "San-Siro"da ham ochko olishi — 2019/20 yilgi CHempionlar Ligasi uchun qo'yilgan katta qadam bo'ladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика