So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  0 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  2 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  74 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Italyancha uslub: Xitoy termasi Osiyo Kubogida Yangiliklar

Italyancha uslub: Xitoy termasi Osiyo Kubogida

Xitoy futboliga katta pul sarflab, terma eng yaxshi jamoalardan biri bo'ladi deb taxmin qilishgandi.

Lekin bu ish hali o'zini oqlagani yo'q. Xitoy terma jamoasi tarixida bir marotaba Jahon CHempionatiga chiqqan. Biroq mamlakat futboli rivojlanishiga bu qanchalik turtki bo'ldi?! O'shandan beri Ari Xan, Xose Antonio Kamacho, Alen Perren kabi murabbiylar Xitoy termasini JCHga olib chiqishga urinib ko'rdi. Ammo, ularning hech qaysi biriga bu ishning uddasidan chiqish nasib etmadi. Hokimiyat vakillari ishga bu safar mantiqiy tomondan yondashdi. Hozirda terma bosh murabbiyi bo'lmish Marchello Lippi bunga qadar "Guanchjou Evergrand" klubini boshqargan. Lippi mamlakat chempionatini 3 marotaba yutgan. SHuningdek, u jamoa bilan AFK CHempionlar Ligasida ham g'alaba qozongandi. Rossiyada bo'lgan mundialda Xitoy termasiga ishtirok etish nasib etmadi. Jamoa aslida yo'llanmani qo'lga kiritishga davo ham qilmagandi. Lippi esa terma uchun bundan ortig'ini bera olmasligini va Osiyo Kubogidan so'ng, jamoani tark etishini malum qildi. Termaning keyingi murabbiyi Xorxe Sampaoli bo'lishi mumkin.

Biroq Lippi hali o'z lavozimida ekan, turnirda g'alaba qozonishga harakat qilishi tabiiy. Yana shuni takidlash lozimki, Xitoy termasi tarkibida chet el klublarida o'ynaydigan birorta futbolchi yo'q. Lippi bu katta muammolardan biri ekani va futbolchilar o'zlarini boshqa ligalarda ham sinab ko'rishlari zarurligini takidlagandi. Lekin o'yinchilarning aksariyat qismi chempionatdan ketishni xohlamaydi. CHunki ularga yaxshigina maosh berishadi. Bundan tashqari, legionerlar uchun cheklovlar ham mavjud. Ha, to'g'ri, istisno holatlar ham yo'q emas. N’golo Kante uslubida harakatlanadigan ajoyib tayanch yarim himoyachi Nan Song Osiyo Kubogiga borishi kerak edi. Song Janubiy Koreya chempionatida o'ynaydi, biroq u Evropaga ketishi ham mumkin. Afsuski, u ham Xitoy yoshlar terma sardori Lyu Roufan kabi jarohatlangan va tarkibga kiritilmadi. 

Yana bir qiziq jihati shundaki, Xitoy Superligasida o'ynayotgan legionerlardan bazilari allaqachon terma libosini kiyib ko'rishi mumkin edi, ammo mamlakat futbol federaciyasining tanlagan yo'li qatiy va istisnolar bo'lishi mumkin emas. 

Albatta, italiyalik mutaxassis qo'l ostidagi terma o'yinlarini kuzatish maroqli bo'ladi. Aslini olganda, Xitoy termasi yaxshi tayyorgarlik ko'rgani va istalgan raqibga qarshi o'ynay olishini sezish qiyin emas. Lippi 4-4-2 taktikasidan foydalanadi: hujumda eng yaxshi bombardirlar Gao Lin va Vu Ley harakatlanadi. Turnir vaqtida Gaodan ko'p narsa kutishgan edi, lekin "Guandjou Evergrand" hujumchisi hali o'zini ko'rsata olgani yo'q. Vu Ley esa 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, 2 bor zaxiradan maydonga tushgan YU Dabao ham ikkita gol urdi. Umuman olganda, Lippi turnirga o'rtacha yoshi anchayin katta jamoa bilan keldi. Termadagi eng yosh o'yinchi 23 bahorini qarshilagan. Lekin Xitoy yoshlar jamoasi ham yomon o'ynamaydi va ulardan iqtidorli futbolchilarni tanlab olishi maqsadga muvofiq bo'lardi. Biroq Lippi yosh o'yinchilar bilan ishlashda o'ziga xos jihatlari bilan boshqa murabbiylardan ajralib turmagan.

Xitoy termasi guruhdan ishonch bilan chiqa oldi. Pley-offda jamoani BAA, Baxrayn va Xindiston bilan bir guruhda kurash olib borib, ikkinchi o'rinni egallagan Tailandga qarshi bellashuv kutib turibdi. Janubiy Koreyaga qarshi bahsda 2-0 hisobdagi mag'lubiyat ularga salbiy tasir ko'rsatmasligi lozim. Lippi shogirdlari natija muhim bo'lmagan o'yinlarning deyarli barchasida engilishgan. SHuningdek, koreyaliklar asosiy tarkib bilan maydonga tushganida, Lippi zaxiradagilarga imkon berdi va uchrashuvda to'liq ikkinchi tarkib bilan harakat qildi. Filippin termasiga qarshi o'yinda xitoyliklar o'zlarini yaxshi namoyon etib, tezkor hujumlar tashkil qila oldilar. Lippining boshqa jamoalari kabi Xitoy termasi ham himoyada ishonchli o'yin ko'rsatib, tezlik bilan to'pni oldindagi futbolchilarga etkazib berishga harakat qilib o'ynamoqda.

Tailand Raevac qo'l ostida guruhda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Xitoy termasi uchun bugungi raqib juda qulay va Tailand ularga chinakamiga qarshilik ko'rsatishi qiyin bo'lishi mumkin. Biroq xitoyliklar bugungi o'yinda g'alaba qozonsalarda, oldinda ularni Eron/Ummonga qarshi uchrashuv kutib turadi. Ana o'sha erda jamoaning asli kuchini ko'rishimiz mumkin bo'ladigandek.

Sergey Rumyancev

(Nozima Zaripova tarjimasi)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика