10 sen 16:24

"Inter" 2025/26 mavsum uchun uchinchi formani taqdim etdi. U "2000-yillarda jamoani yaxshi ko'rganlar va bugun uni sevuvchilarga" bag'ishlangan

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
"Inter" 2025/26 mavsum uchun uchinchi formani namoyish etdi.

To'plam kulrang hamda olovrangi elementlari bilan ishlab chiqilgan va Nike kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.

“Inter” va Nike 2025/26 mavsum uchun uchinchi formani taqdim etadi: bu yangi to'plamda Total 90’ning afsonaviy davridan ilhomlanib, ishlab chiqarilgan.

Nike Total 90’ning original to'plami kabi futbol madaniyatida bunday o'chmas iz qoldirgan futbolkalar kam. Bu yangi uchinchi to'plam “Inter” muxlislarining barcha avlodlariga, 2000-yillarda jamoani yaxshi ko'rganlar va bugun uni sevuvchilarga bag'ishlangan.

Bu chiziqlar ambiciyalar, to'xtovsiz energiya va unutilmas onlarni ifodalaydi. Ushbu yangi futbolka orqali Nike va “Inter” o'sha o'ziga xos energiyani maydonga qaytarishga qaror qildi, bu esa yorqin ranglar va kontrast chiziqlar bilan butun bir avlod futbolchilarini belgilab bergan", – deyiladi klub bayonotida.

Manba : inter.it
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +1 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

+1
10/09 16:33
Lochinlar UZ
Барибир Интерни Pirelli логотипли формаси оркали купчилик танирди
0
10/09 17:57
Memphis_7
Br Tonga qmat forma
Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика