Gyokeresh "Manchester Yunayted" taklifini rad etdi va "Arsenal"ga o'tishga umid qilmoqda
22 iyu 16:30
Yangiliklar


Gyokeresh "Manchester Yunayted" taklifini rad etdi va "Arsenal"ga o'tishga umid qilmoqda
"Sporting" hujumchisi Viktor Gyokeresh Portugaliya klubining qarshiliklariga qaramay, Londonning "Arsenal" klubiga o'tish bo'yicha muzokaralar olib borishda davom etmoqda.
Bu haqda insayder Fabricio Romano malum qildi.
Manbaga ko'ra, Gyokeresh MYUga o'tish taklifini rad etgan va Manchester klubi vakillariga "Arsenal"da o'ynashni istayotganini aytgan. 27 yoshli shveciyalikning kelajagi nomalumligicha qolmoqda.
"The Athletic" nashri o'tgan hafta Gyokeresh "Arsenal"ga o'tishga rozi bo'lgani va "Sporting"ni tark etgani haqida xabar qilgandi. Biroq "Sporting" kelishuvga to'sqinlik qilishga muvaffaq bo'ldi. Klub rahbariyati Gyokereshning transferi uchun kamida 80 million evro talab qilmoqda, "Arsenal" bunday summani to'lashga tayyor emas.
Gyokeresh o'tgan mavsum Lissabon klubi safida 52 o'yinda maydonga tushib, 54 ta gol urgan va 13 ta golga assistentlik qilgan.
O’xshash yangiliklar
20:21
"Kristal Pelas" Evropa Ligasida chetlashtirilishi bo'yicha sport arbitraj sudiga apellyaciya berdi 0

Fikrlar