Futbol klublarimiz yangi mavsumda qanday to'plardan foydalanishadi?
25 jan 2019 01:04
Yangiliklar


Futbol klublarimiz yangi mavsumda qanday to'plardan foydalanishadi?
Xabaringiz bor, bir necha yillardan buyon mamlakatimiz futbol klublari ichki birinchilik musobaqalarida dunyoga mashhur brendlar – Nike va Adidas firmalarining futbol to'plaridan foydalanib kelishmoqda.
Malum bo'lishicha, 2019 yilgi mavsuma Superliga va Pro liga jamoalari “Adidas” firmasining “Connext19” to'plaridan foydalanadi. Bu haqda PFL bosh direktori o'rinbosari tomonidan barcha klublar xabardor qilingan. Superligada ishtirok etayotgan bir qator jamoalar mavsumoldi yig'inlarida mashg'ulot va nazorat uchrashuvlarini allaqachon ushbu to'plarda o'tkazishmoqda
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili futbol jamoalari Nike tomonidan ishlab chiqarilgan to'plardan foydalanishgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar