So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Faqat futbolchiga achindim Yangiliklar

Faqat futbolchiga achindim

Kutilganidan uzoq davom etgan "Aziz Turg'unboev seriali"ga nihoyat O'FA va PFL yakuniy nuqtani qo'ydi.

Kecha O'FA rasmiy sayti futbolchi Aziz Turg'unboev 9 iyulga qadar, "Navbahor" sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov bir yilga, "Navbahor" vice-prezidenti SHamshod Sarikov bilan klub bosh direktori Rasul Akromov hamda "Paxtakor" sport direktori Jafar Irismetov olti oyga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlatilgani haqida xabar berdi. 

Albatta, qaror qabul qilindi va shikoyatga o'rin bor yo yo'qligini endi tomonlarning o'zi hal qilib olaveradi. Reglamentda belgilab qo'yilganidek, ikkita klub bilan shartnoma tuzgan futbolchining yakunda diskvalifikaciya qilinishi kutilgan holat edi va shunday bo'ldi ham. 

To'g'risini aytish kerak, vaziyat juda chigal bo'lgan. Futbolchi shartnomasi tugamay turib boshqa bir klub bilan muzokara olib borgan va bunga to'la haqli bo'lgan. Ammo muzokara olib borayotgan taraf bu borada futbolchining klubini rasman ogohlantirmagan. Bu o'rinda "Paxtakor"ning eng katta mag'lubiyati mana shunda. 

Keyinchalik futbolchi "Navbahor" bilan shartnomasi tugashiga bir kun qolganda yangi shartnoma tuzgan. Nima uchun amaldagi shartnoma muddati uzaytirilmagani tushunarsiz. Balki futbolchi oladigan pul raqamlari boshqacha aks etgan bo'lishi mumkin. Aziz Turg'unboev o'z intervyularidan birida "Paxtakor"ga o'tishdan maqsadi Osiyo chempionlar ligasida o'ynash ekanini aytgandi. To'g'ri-da kim ham OCHLda ishtirok etishni istamaydi. Qolaversa, "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze ham uning xizmatlariga qiziqib qolgandi. 

Men Aziz Turg'unboev bilan shaxsan tanish emasman. Lekin uning o'yilarini ko'rgan bir muxlis sifatida Turg'unboevning o'yini yoqadi deya olaman. U noyob iqtidorga ega Superligadagi kam sonli futbolchilardan biri. Turg'unboev bejizga Ektor Kuper ishonchini qozonib Osiyo Kubogiga borgani yo'q. Afsuski, mana shunday futbolchi endi 9 iyulgacha na futbol o'ynay oladi, na biron bir professional klub safida mashg'ulot o'tkazadi. 

Bir so'z bilan aytganda, Turg'unboev uchun futbol vaqtincha yopildi. Va bu vaziyatda aytish mumkinki, aybdorlar ichida eng aybsizi ham, shunga qaramay eng ko'p jabr chekadigani ham Turg'unboev bo'lib qoldi. Bu o'rinda men faqat futbolchiga achinyapman. Axir ayni o'ynaydigan yoshda chetlatildi. To'g'ri, oqlashga hojat yo'q, Turg'unboev ikkita klub bilan shartnoma tuzgan. Lekin uning boshini aylantirganlar-chi? 

Klub xodimidan kimdir chetlatilgani bilan klub katta yo'qotishga uchramaydi. Ammo eng asosiy futbolchisining safdan chiqishi baribir jamoaga o'z tasirini o'tkazadi. Qolaversa, Turg'unboev - sportchi, u muntazam shug'ullanib turishi kerak. U oilasini to'p tepib boqayotgandi, endi bo'lsa qanday ahvolga tushib qolganini tushunish qiyin emas. 

Bu o'rinda kishining eng ko'p jahlini chiqargan holat Ilhom Mo'minjonov qilgan ishlar bo'lyapti. "Navbahor" o'z maydonida mag'lubiyatsiz seriya qayd etishida Mo'minjonov qo'shgan hissasi katta. Bunga ko'z yumib bo'lmaydi. Lekin o'z o'yinchisini qanday qilib asosiy raqobatchilaridan biri qo'liga topshirish mumkin? Nahotki murabbiy degani o'zi ishlab turgan jamoa manfaatini birinchi o'ringa qo'ymasa?! Agar rostan ham shunday qilgan bo'lsa, Mo'minjonov qo'lidan har balo keladigan ayyor odam ekan. Bunday odamdan hatto o'z jamoasi zarariga ish qilishni kutsa bo'ladi. 

Jamoasi yutishi uchun raqib jamoaga chiqadigan, hakamlar bilan gaplashadigan murabbiylar bor. Ularning ishi ming noto'g'ri bo'lmasin, baribir o'z jamoasi manfaatini ko'zlab qilayotgani uchun tushunsa bo'ladi. Lekin o'z jamoasini ochiqchasiga kuchsizlantirish maqsadida shogirdini boshqa bir raqib changaliga topishirishni qanday izohlash mumkin? Bunaqa murabbiylarni kerak bo'lsa besh yilga chetlatsa ham kam. 

Turg'unboev bo'yicha chiqqan yakuniy qaror shuni ko'rsatdiki, shahar aslo bedarvoza emas. Hamma qonun doirasida ish qilishi shart. Bu qaror futbolchilar faqat to'p tepish bilan ovora bo'lmay, o'z haq-huquqlarini o'rganishga o'rgatadi. Bu qaror transfer va shartnoma tuzish paytida futbolchilarning professional yuristlar maslahatini olishga chorlaydi, kimlarningdir quruq vadasini eshitishga emas. Haliyam O'FA engil jazo berdi, agar chetlatish bilan birga 500 milliongacha jarima qo'llaganida nima bo'lardi. Bu jihatdan chetlatilganlar O'FA va PFLga rahmat aytishsa arziydi.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика