So’nggi yangiliklar

08:50Салоҳ — журналистлар талқинига кўра АПЛда мавсумнинг энг яхши футболчиси  1 08:22"Байер"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  0 07:54"Барселона" учта ўртоқлик учрашуви учун 15 миллион олади  1 07:25Суперлига. Бугун 9-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  4 01:47А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди  6 01:20"Бавария" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  0 00:45Расман: Ироқ термасига янги бош мураббий тайинланди  0 00:40Суперлига. Абрамов бошчилигидаги "Динамо" кичик ҳисобда ғалаба қозонди, "Андижон" эса дербида "Нефтчи"га мағлуб бўлди  1 00:19Вадим Абрамов: "Салбий ўйин кўрсатган бўлсак-да, натижа ижобий бўлди. Менга шуниси яхшироқ"  8 23:57Микель Артета: "Ҳакими жавоб ўйинида гол урмаслиги керак эди"  5 23:19Февзи Давлетов: "Ички муаммолар бор, буни биз ҳал қила олмаймиз"  4 22:57Вальверде Мбаппега таъриф берди  2 22:14Абрамов ва "Динамо"нинг навбатдаги қурбони "Сурхон" бўлди. Самарқандликлар мағлубиятсиз юришини давом эттирди  43 21:59"Барселона" ёзда Осиёга келади  3 21:27Артём Петросян: "Футболчилар руҳий жарликда. 3-4 кун ичида бу ҳолатдан олиб чиқиб бўлмайди"  14

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" javob o'yinida ham "Atletik"ni yirik hisobda mag'lub qildi va finalga yo'l oldi Yangiliklar

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" javob o'yinida ham "Atletik"ni yirik hisobda mag'lub qildi va finalga yo'l oldi

Evropa ligasining yarim finali "Manchester Yunayted" - "Atletik" javob o'yini matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Manchester Yunayted" - "Atletik" 4:1

Gollar: Maunt (72, 90+2), Kazemiro (80), Xoylund (85) - Xauregisar (31).

Manchester Yunayted: Onana, Yoro, Maguayr, Lindelef (Maynu, 81), Fernandesh, Garnacho (Diallo, 62), Dorgu, Mazraui (Shou, 62), Kazemiro (Amass, 81), Ugarte (Maunt, 62), Xoylund.

Zaxiradagilar: Bayindir, Xiton, Fredrikson, Kamason, Eriksen, Mantato.

Atletik: Agirresabala, Berchiche, Gorosabel (De Markos, 61), Nunes, Alvares, Xauregisar, Ruis de Galarreta (Prados, 61) Gomes (Guruseta, 67), Berenger, Jalo (Olabarreta, 61), Sannadi.

Zaxiradagilar: Simon, Buaro, Lekue, Paredes, Kanales, Rego Mora, Varela Parra, Vesga, 

Ogohlantirish: Mazraui (25), Xauregisar (39), Kazemiro (59), Nunes (78), Berenger (79), Dorgu (90+1).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi do'stlar! 21 maydan 22 mayga o'tar kechasi finalda ingliz jamoalarini ko'ramiz.

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! MAUNTTTTT!!! U markazdan bo'sh darvozaga to'pni kiritib qo'ya qoldi)

O'yinga 2 daqiqa qo'shib berildi.

88. O'yin deyarli tugadi hisob. Jamoalar to'xtab qolishdi. "Atletik" faqat follar qilish bilan band endi.

85. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Amad bu gol uchun barcha ishni qildi va Xoylundga to'pni oshirdi. Rasmus osonlik bilan gol urdi!

84. Maynuning zarbasi soddagina chiqdi, Agirresabalaga to'pni ushlab olish qiyin bo'lmadi.

81. Kazemiro keyingi o'yinga saqlandi va zaxiraga olindi. "Old Trafford" uni olqishlar bilan kuzatdi. Dahshatli darajada zo'r o'yin ko'rsatgan Kazemiro "Real"dagi praym davrini eslatib yubordi.

80. GOOOOOOOOOOOOLLLLLL!! KAZEMIROOOOOOOOO!!! Jarima zarbasidan MYU osonlik bilan ishni hal qildi. Ish pishdi do'stlar. MYU finalda "Tottenxem" bilan o'ynaydi.

78. MYUda jarima zarbasi. Mankunianliklar o'ziga kelib oldi.

Nihoyat, bizga futbol otasi ser Aleks Fergyusonni namoyish qilishdi. Bu kadrlarni biz ham kutayotgandik)

74. UXXXXXXXXX!! Gurusetaning zarbasi biroz noaniq ketdi.

72. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! MAUUUUNNNTTTTTTT!! 10 daqiqa oldin maydonga tushgan Meyson Maunt juda chiroyli gol urdi!70. ZARBAAAAAAAAA!! Brununing zarbasi himoyachilardan o'tmadi. MYU ikkinchi bo'limda birinchi marta hujumga o'tdi.

68. UXXXXXXXXXXX!!! Lindelofning xatosidan keyin "Atletik" futbolchisi darvoza tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

64. MYU xotirjamlik bilan finalni hal qilaman deb maydonga tushgan shekilli. Bu xato albatta. "Atletik" dominantlik qilmoqda.

62. Ikkala jamoa tarkiblarida bir qancha o'zgarishlar bo'ldi.

60. Bu orada MYUda bir yo'la uch o'zgarish amalga oshiriladi.

59. Kazemiro raqibini ochiqchasiga qo'pollik bilan yiqitgani uchun ogohlantirildi.

58. Mehmonlarda yana burchak zarbasi.

55. "Atletik" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi. Bir zarba Maguayrga tegib ham qaytdi. Hozircha MYU uchun biroz og'ir va yurakka og'riq beradigan o'yin bo'lmoqda)

51. "Atletik" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Xavfli nuqta.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

Tanaffus!

45+2. "Atletik" juda zo'r hujum uyushtirdi. Gomesning qanotdan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, Onana to'pni ushlab oldi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. GARNACHCHOOOOO!! U golli vaziyatlarni yo'q qilishda davom etadi. U birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. Garnacho ushbu mavsumda eng ko'p golli vaziyatlardan gol ura olmagan futbolchi hisoblanadi.

41. "Atletik" jarima maydonchasi ichida "Yunayted" futbolchilari ketma-ket yiqildi. Hakam bu vaziyatlarga reakciya ko'rsatganicha yo'q. Muxlislar esa penalti talab qilishdi.

36. DORGUUUUU! MYU juda zo'r imkoniyatga ega bo'lgandi. Dorgu qulay nuqtadan zarba yo'llagandi, himoyachi to'pni qaytardi.

34. "Yunayted" o'yinni sokinlashtirishga harakat qilmoqda.

31. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Xauregisardan supergol! Bu vaziyatda Maguayr qo'pol xatoga yo'l qo'ygan ekan.

30. "Yunayted" yaxshi hujum uyushtirdi. Kazemironing super pasidan keyin Dorgu chap qanotdan markazdagi, darvoza yonidagi sherigiga to'pni oshirdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

25. Mazrauiga sariq kartochka ko'rsatildi.

24. VAR penalti yo'qligini malum qildi. 

22. Dorgu raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. VAR ishga tushdi, penalti ko'rilmoqda. Menimcha bu penaltiga "tortmaydi".

21. Berengerning zarbasi noaniq ketdi.

20. Garnacho tezkor harakatlari orqali oldinga ketayotgandi. To'pni osonlik bilan raqibiga oldirdi.

17. Pressing orqali to'pni olib qo'ygan MYU futbolchilari 3-2 holatda hujumga o'tdi. Xoylund to'pni yaxshi to'xtata olmagani uchun to'pni mehmonlar olib qo'ydi.

16. XAVFLI VAZIYAT! Garnacho raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqib bordi. Agirresabala to'pni ushlab oldi.

13. Garnacho raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqib borishi mumkin edi. Agirresabala jarima maydonchasini tashlab chiqib, to'pni autga tepib yubordi.

12. Hozircha to'liq ustunlik mehmonlar tarafida.

9. ZARBAAAAAAAAA!!! Berenger juda qulay nuqtadan Onana darvozasi tomon zarba yo'lladi. To'p darvozadan salgina yuqoriroqdan o'tib ketdi.

4. "Yunayted" hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'pga hech kim tegmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Uchrashuv startiga oz vaqt qolmoqda.


Reyting: +8   

Fikrlar

+2   
09 may 01:56:31
Лидс Юнайтед
Амад Диаллога РЕСПЕКТ
+2   
09 may 00:00:45
Шерзод. М
Манчестер Юнайтед ✊
+1   
09 may 02:14:05
fff
Finalda yutish uchun bizda imkon koʻproq. Turnirda yutqazmadik, toʻrga nisbatan kuchli kulblar bilan oʻynadi. Amad qaytdi+. Myuda finallarda Totdan koʻra ancha tajribali. San Mamesdagi muhitni his qildik. Hammasi yaxshi ketayapti, oxiri hayrli boʻlsin ishqilib. Omad Myu!!!
+1   
09 may 02:09:20
barselona7
МЮ чемпионат орқали бўлмаса Европа Лигаси орқали Чемпионлар Лигасига чиқишни ҳохлаяпти шекилли. Бунинг устига соврин ютиш орқали. Аммо худди шу ишни Тоттенхэм ҳам истаяпти уларнинг ҳам худди МЮ каби бошқа йўли йўқ. Муросасиз финал. Омад МЮга ҳозирча инқирозда бўлса ҳам барибир МЮ топ клуб улар ЧЛ да бўлишлари керак.
+1   
09 may 02:04:39
Абдурахмон Вахобов
Nazarbek (man utd) foydalanuvchining fikriga javob berish
Xudo xoxlasa finalniyam yutvosek CHLda ko'ramiz MYUni
Насиб ИН ША АЛЛОХ
+1   
09 may 02:00:31
Nazarbek (man utd)
Xudo xoxlasa finalniyam yutvosek CHLda ko'ramiz MYUni
+1   
09 may 01:59:32
fff
Siz uchun kambek nima desa Myu nosdi kayfidek kayf desa kerak. Kambekni haqiqatdan ham birinchi boʻlib patetlagan deyilarmidi
+1   
09 may 01:58:51
Oscar Do Santos
Diallo va Maunt tushib o'yinni o'zgartirib yubordi
+1   
09 may 01:54:50
Javlon Samarqand
Юнайтетчиларга табрик финалниям ютсин
+1   
09 may 01:53:51
Shahzod Sayfullayev
Birinchin oyinda bir nima deganlarni kotiga qalampir tiqdi United Glory Glory Man United
+1   
09 may 01:51:55
Абдурахмон Вахобов
Табрик ФАНАТДОШЛАР!
   
09 may 11:19:59
FC BARSELONA
REAL MADRID foydalanuvchining fikriga javob berish
Келаси мавсум ЕЧЛда АПЛдан 6 та жамоа қатнашади деб эрталаб хабар чиқдику шу сайтни ўзида.
Ha men ham yaqinda ko'rdim Dunyo reytingida 1- va 2- o'rindagi chempionatlarda 6 ta jamao qatnashsa bo'larkan
   
09 may 11:08:37
REAL MADRID
FC BARSELONA foydalanuvchining fikriga javob berish
Menimcha siz meni yaxshi tushunmadingiz Ispaniya va Angliyada 5 tadan jamao qatnashadi El finalida 2 ta Apl jamaosi o'ynaydi va chempion jamao to'g'ridan to'g'ri Chlga chiqadi endi Aplda 5-o'rinni olgan jamao keyingi mavsumda Chlda qatnashmaydi
Келаси мавсум ЕЧЛда АПЛдан 6 та жамоа қатнашади деб эрталаб хабар чиқдику шу сайтни ўзида.
   
09 may 08:43:20
FC BARSELONA
Baxtiyor Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Qatnashadi. Echl, El g'oliblari ham Echlda qatnashadi. Ispaniya, Angliyadan 5 tadan, Italiya, Germaniyadan 4 tadan qatnashadi
Menimcha siz meni yaxshi tushunmadingiz Ispaniya va Angliyada 5 tadan jamao qatnashadi El finalida 2 ta Apl jamaosi o'ynaydi va chempion jamao to'g'ridan to'g'ri Chlga chiqadi endi Aplda 5-o'rinni olgan jamao keyingi mavsumda Chlda qatnashmaydi
   
09 may 08:19:37
Sho‘rchidan
Shunaqa lapashang murabbiy bilan barsa yevro kubok yutmoqchi edi. Ernesto yaxshi murabbiydir, lekin zo‘r emas. Yarim finalda har qanday jamoa bilan o‘ynasa bo‘ladi, yo‘lini qisa.
championat.asia
Яндекс.Метрика