So’nggi yangiliklar

13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  2 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  10 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0

Ernesto Valverde: "Messi o'zini biroz noqulay his qilayotgan edi, tavakkal qilishni xohlamadik" Yangiliklar

Ernesto Valverde: "Messi o'zini biroz noqulay his qilayotgan edi, tavakkal qilishni xohlamadik"

"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Real"ga qarshi bahsdan (1:1) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– Messining holati qanday?
– Hammasi joyida, lekin bugun tavaqqal qilmaslikka qaror qildik. Unda biroz noqulaylik bo'lganligi uchun Messini ikkinchi bo'limda maydonga tushirdim. Jamoa va o'yinchilarga yaxshi bo'lishi uchun har doim bu kabi qarorlar qilib turish kerak. Leo maydonga tushganida vaziyatni bir o'zi hal qila oladi. Har safar to'pni qabul qilib olgan pallada, raqib darvozasi oldida nimadir qila olishini his qilamiz.

– Bugungi natijani qanday baholaysiz?

– Albatta, raqib birinchi daqiqalardan gol ursa, siz hisobni tenglashtirsangiz, bu yaxshi. O'yin avvalida ular to'pga uzoq vaqt egalik qilishdi. Keyin biz xavfli vaziyatlar yarata boshladik. Hammasi bizning qo'limizga o'tganida durang natijaga erishdik. Uchrashuv davomida turli hil bosqichlardan o'tdik.

– Javob o'yini oldidan ustunlik kim tomonida?

– Hech narsa hal bo'lmadi. Favorit yo'qligi kundek ravshan. Raqibimizning salohiyatini hisobga olgan holda ko'p narsa ayta olmayman. Bahs og'ir va qattiq bo'lishini bilardik, – deya Valverdening so'zlarini keltirdi Marca nashri.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика