David Silva "Siti" tarixiga kirdi
15 jan 2019 01:19
Yangiliklar


David Silva "Siti" tarixiga kirdi
Ispaniyalik yarim himoyachi Silva "Manchester Siti" klubida to'p tepayotgan tajribali o'yinchilardan biri sanaladi.
8 yanvar kuni 33 yoshga to'lgan David Silva bugun "Vulverxempton"ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda harakat qilmoqda. Bu uning "shaharliklar" tarkibidagi 267-uchrashuvi hisoblanadi. SHu tariqa, David Silvadan boshqa hech kim APLning shuncha bahsida "Manchester Siti" sharafini himoya qilmagan.
Malumot uchun, ispaniyalik xavbek 2010 yildan beri jamoa safida harakat qilib kelmoqda (267 uchrashuv, 54ta gol va 82ta assist).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar