09 dek 2018 11:11

"Borussiya" sport direktori Sanchoning keyingi mavsumdagi jamoasi nomini aytdi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Dortmundning "Borussiya"si sport direktori Mixael Corkning aytishiga ko'ra, klubdagilar 18 yoshli Jeydon Sancho bilan xayrlashmoqchi emas.

"Keyingi mavsumda ham Sancho jamoamizda qoladi. U hali juda ham yosh va ketishiga sabab yo'q.

Jeydon Angliya termasida o'ynash uchun qaysi klub yordam berishini biladi. "Borussiya" unga har tomonlama qulay klub", - dedi Cork.

Oldinroq futbolchiga "Liverpul", "Barselona" va "Manchester Siti" kabi jamoalar qiziqish bildirayotgani borasida malumotlar berilgandi. Uning jamoasi bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

Manba : Bild
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +9 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика