So’nggi yangiliklar

16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  0 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  7 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  3 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  3 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  6 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  22 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10

Australian AP muxbiri: "Eldor SHomurodov musobaqa syurprizlaridan biri" Yangiliklar

Australian AP muxbiri: "Eldor SHomurodov musobaqa syurprizlaridan biri"

Kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston - Yaponiya bahsidan so'ng nimchorak finalda qaysi jamoaga qarshi o'ynashimiz malum bo'ldi.

Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli odimini davom ettirayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 1/8 finalda Avstraliya bilan kuch sinashadi. Bu o'yin juda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Kecha Al Ayndagi "Xalifa bin Zayed" stadionida kechgan O'zbekiston - Yaponiya uchrashuvini avstraliyalik jurnalistlar ham diqqat bilan kuzatib borishdi.

Bahs yakuniga etib bizning Avstraliyaga qarshi o'ynashimiz rasman malum bo'lgach, Australian Associated Press muxbiri Ed Jekson bilan qisqacha suhbat qurdik.

- O'zbekiston - Yaponiya bahsi qanday taassurot qoldirdi?
- Bu o'yinni biz ham diqqat bilan kuzatdik. CHunki guruhda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa keyingi bosqichda bizga raqib bo'lardi. Menga O'zbekiston terma jamoasining o'yini yoqdi. Ayniqsa 14-raqamdagi Eldor SHomurodov musobaqa syurprizlaridan biri deya olaman. SHuningdek, bu uchrashuvda maydonga tushmagan Odil Ahmedovni ham yaxshi bilamiz. U bilan jamoa yanada kuchli ko'rinish oladi.

- Terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper haqida nima deya olasiz?
- Uning og'ir-bosiq insonligi ko'rinib turibdi. Kuper Misrda ishlagan payti uning asosiy "quroli" Muhammad Salah edi. O'zbekistonda esa shunday futbolchi deb Odil Ahmedovni aytsa bo'ladi. Qani ko'ramiz, biz bilan kechadigan bellashuvda Ahmedov Kuperning Salahi bo'la oladimi.

- Avstraliya musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi, biroq keyingi ikki turda g'alabaga erishdi. Jamoaning holati qanday?
- Afsuski, birinchi o'yinda mag'lubiyatga uchradik, kutilmaganda Iordaniya terma jamoasiga yutqazib qo'ydik. Ammo keyingi ikki turda g'alaba qozonib 6 ochko bilan keyingi bosqichga chiqdik. Aynisa Suriyaga qarshi bahs juda asabiy kechdi. SHunga qaramay 1/8 finaldamiz va endi O'zbekiston bilan o'ynaymiz. Jamoaning hozirgi holati yaxshi deya olaman. Oxirgi ikki o'yinda 6ta gol urdik. Bu ham jamoa holatini ko'rsatib turibdi. Yana shuni aytishim kerak, bizda yangi jamoa shakllanyapti. Yangi bosh murabbiy Grexem Arnold ko'plab yangi o'yinchilarni terma jamoaga chaqirgan.

- Hozirgi Avstraliya jamoasi tarkibida asosiy futbolchilar kim?
- Bosh murabbiy urg'uni jamoaviy o'yinga berishga harakat qilyapti. SHunga qaramay, oxirgi o'yinlarda 21-raqamdagi Aver Mabil, 23-raqamdagi Tomas Rogich yaxshi o'yin ko'rsatishyapti. Ayniqsa Rogich tez orada terma jamoaning yuragiga aylanishi kutilyapti.

Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика