So’nggi yangiliklar

08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  2 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  3 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  5 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  8 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  10 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  6 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  74 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  2 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  12

​APL. Turning markaziy uchrashuvi haqida qisqacha Yangiliklar

​APL. Turning markaziy uchrashuvi haqida qisqacha

​Bugun, APL 22-turida "Tottenxem" - MYU o'yinni bo'lib o'tadi.

Joriy mavsumda jamoalar o'rtasidagi dastlabki to'qnashuvda "Tottenxem" Harri Keyn va Lukas Mouraning dubli evaziga g'alaba qozongandi. Mourino ketganidan keyin klub rulini o'z qo'liga olgan Ole-Gunnar Sulsher mankunianiklarga g'alabali seriyalarni taqdim qildi. Bugungi o'yin norvegiyalik mutaxassis uchun dastlabki jiddiy imtihon hisoblanadi.

Bugungi uchrashuvda etibor berish kerak bo'lgan futbolchilar: Son Xyon Min, Pol Pogba, Harri Keyn, Markus Reshford.

Bilib turganingizdek, ushbu o'yin Son Xyon Min uchun Osiyo Kubogi oldidan "Tottenxem" safidagi so'nggi uchrashuvi hisoblanadi. Bahs yakunlanganidan keyin Son Janubiy Koreya terma jamoasiga borib qo'shiladi. Koreyalik hujumchi oxirgi 6ta uchrashuvda 4ta gol urdi va o'zining formasi cho'qqiga chiqqan pallada turibdi. Pogba va Reshford Mourino ketganidan so'ng o'yinlarida ijobiy o'zgarish kuzatildi. Harri Keyn APL to'purarlari bahsida Obameyang va Salah bilan birgalikda peshqadamlik qilmoqda.

Jamoalarning so'nggi 8 uchrashuvida hisob teng - 4:4. "Tottenxem"ning oxirgi 4 uy uchrashuvida "shporlar" 3 marta zafar quchishgan. Umumiy o'zaro natijalar esa mankunianliklar tomonida. 90 marta g'alaba, 48 durang va 52 mag'lubiyat tarozi pallasi MYU tomoniga bosayotganini ko'rsatib turibdi.

Bugungi uchrashuvni Erik Dayer va Viktor Vanyama o'tkazib yuborishadi. Lukas Moura tizzasidan olgan jarohatidan yuz foiz tiklanib ulgurmagan. "Manchester Yunayted" tarkibida Pol Pogba kichik jarohatidan so'ng maydonga tushishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan. Erik Bayida diskvalifikaciya va Markos Roxoda hamon jarohat.

Tahminiy tarkiblar:

Tottenxem - Loris, Triper, Sanchez, Alderveyreld, Rouz, Uinks, Sissoko, Eriksen, Alli, Son, Keyn.
Manchester Yunayted - De Xea, Yang, Jons, Lindelyof, SHou, Errera, Matich, Lingard, Pogba, Marsyal, Reshford.


Tahminiy hisob: "Tottenxem" 3:3 "Manchester Yunayted"

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика