Antoni "Betis"da yana bir yil qolmoqchi. MYU vingeri Ispaniya klubida 7 o'yinda 3+2 qayd etdi
04 mar 20:25
Yangiliklar


Antoni "Betis"da yana bir yil qolmoqchi. MYU vingeri Ispaniya klubida 7 o'yinda 3+2 qayd etdi
Antoni "Betis"da yana bir yil qolmoqchi.
25 yoshli vinger "Manchester Yunayted"dan ijara asosida ispan klubi sharafini himoya qilmoqda. Shartnoma muddati mavsum oxirida tugaydi, sotib olish huquqi ko'zda tutilmagan.
Braziliyalik futbolchi "Betis" safida barcha musobaqalarda ettita o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
"O'tgan kuni Antoni menga yana bir yil qolmoqchi ekanini aytdi. U bu erda baxtli va kelganidan keyin shaharga moslashishi uchun unga yaratilgan sharoitlardan hayratda qoldi," - dedi "Betis" bosh direktori Ramon Alarkon El Pelotazo dasturi efirida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar