So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  6 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  25 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   38 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  227 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

"Andijon" klubi rivojlanish yo'nalishini o'zgartirmoqda. Tez orada akademiya qurilishi boshlanadi Yangiliklar

"Andijon" klubi rivojlanish yo'nalishini o'zgartirmoqda. Tez orada akademiya qurilishi boshlanadi

2023 yilda "Andijon" klubi Pro ligadan Superligaga qaytib chiqdi va Aleksandr Xomyakov qo'l ostida ajoyib natijalar qayd etdi.

"Burgutlar" mamlakat etakchi klublariga qarshi o'yinlarda ham g'alabalarga erishdi va 40 ochko bilan musobaqa jadvalining 7-pog'onasini egalladi. Klubning albaniyalik hujumchisi Rubin Xebay mavsum kashfiyotlaridan biriga aylandi va yaqindagina Saudiya Arabistonining "Al Oruba" klubiga yaxshigina summa evaziga transfer qilindi. O'tgan mavsum "Andijon"ni o'z qaramog'iga olgan "O'zavtosanoat" rahbari Ulug'bek Ro'ziqulov endi klub asosiy urg'uni yosh va kelajagi bor futbolchilarga qaratishga qaror qildi. Sababi mana shu yoshlar bir necha yil ichida "Andijon"ga foyda keltirishlari aniq.

Klub shu yil o'z akademiyasini qurishni boshlaydi va andijonlik yosh bolalar mana shu erda millionlar o'yini bo'lgan futbolning sir-asrorlarini o'rganishlari mumkin bo'ladi.

Akademiya o'z mevasini tezda bermasligini aniq. Yaqin yillarda "Andijon" sharafini munosib himoya qilishi mumkin bo'lgan yoshlar ham kerak. Bu borada "Andijon" bir qator transferlarni amalga oshirdi.

SHerzod Esanov
20 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsum o'rtasida "Olimpik" klubiga ijaraga berilgandi. "Andijon" uni ortga qaytarishga qaror qildi. O'zbekiston U-23 terma jamoasiga nomzod bo'lgan futbolchi bu yil "burgutlar" etakchisiga aylanishi kutilmoqda. U 2023 yilda U-20 Osiyo chempioni bo'ldi, Argentinada o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etdi va gol urishga erishdi. Xanchjouda o'tgan Osiyo o'yinlarida esa Indoneziya bilan bahsda ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.




Bektemir Abdumannonov

22 yoshli kreativ va chaqqon hujumkor yarim himoyachi "Metallurg" klubidan kelib qo'shildi. Bektemir 2022 yilda Superligada 8ta gol urgan va mavsum kashfiyotlaridan biri bo'lgandi. Afsuski 2023 yilda Bekobod klubi bosh murabbiyi Vesko Steshevich bilan munosabatlari buzildi va futbolchi mavsumning ikkinchi qismini U-21 jamoasida o'tkazdi. 2024 yilda Abdumannonov o'zining haqiqiy kuchini ko'rsatishiga shubha yo'q.

Rustam Turdimurodov

Argentinada o'tgan Jahon chempionatining yana bir ishtirokchisi bo'lgan iqtidorli hujumchi ham "Andijon"ga keldi. "Paxtakor" o'tgan yil yozda Belarusning "Energetik-BGU" klubiga ijaraga bergandi. Mavsum boshida klubdan katta miqdordagi ochkolar olib tashlangani yakunda baribir o'z so'zini aytdi va "Energetik" quyi ligaga tushib ketdi. Turdimurodov "burgutlar" safida gollar urib muxlislar yoqimtoyiga aylanmoqchi.




Maksim Sarraf

"Andijon" klubi uchun omadli o'tishlardan biri bu Moskvaning CSKA hamda Suriya milliy terma jamoasi azosi Maksim Sarrafning kelishi bo'ldi. Maksim yaqinda Qatarda o'tgan Osiyo kubogida terma jamoa qaydnomasida bo'ldi. O'tgan yil Toshkent mezbonlik qilgan U-20 Osiyo kubogida Sarraf uchta o'yinning barchasida terma jamoa darvozasini qo'riqlagandi.

Luka Zgurskiy

Yana bir omadli transferlardan biri. 187 santimetr bo'yga ega 18 yoshli iqtidorli hujumchiga "burgutlar" CSKAga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida etibor qaratishdi. Zgurskiy Rossiya yoshlar ligasida 49ta o'yinda 34ta gol urishga erishgan.

Futbolchilardan tashqari Belarusning "Energetik-BGU" klubidagi faoliyati bilan tanish bo'lgan ikki murabbiy Yuriy Svirkov va Vladimir Belyavskiy bilan ham kelishuvga erishilgan. Ular yangi ochiladigan "Andijon" klubi akademiyasida ishlashadi.

"Andijon" bu transferlar bilan to'xtab qolmoqchi emas. Tarkibga yosh va iqtidorli futbolchilar kelishda davom etadi. Maqsad tajribali va yosh futbolchilar uyg'unligidagi kuchli, raqobatbardosh jamoa tuzish.


Jasurbek Aslanov

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика