So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Alisher Nikimbaev "Turg'unboev ishi" haqida o'z fikrini bildirdi Yangiliklar

Alisher Nikimbaev "Turg'unboev ishi" haqida o'z fikrini bildirdi

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida Azizbek Turg'unboev ishi borasida o'z fikrlarini yozib qoldirdi.


Demak Turg'unboev ishi ko'rib chiqildi, qaror qabul qilindi. Yakunlar mana bunday:
1. Futbolchi diskvalifikaciya qilindi
2. Uning ikkala klub bilan shartnomalari bekor qilindi
3. Ikkala klub vakillari va "Navbahor" sobiq ustozi Ilhom Mo'minjonov diskvalifikaciya qilindi
Qarorga u qadar to'xtalib o'tirmaymiz va shunchaki bu ishda kim yutganiyu, kim yutqazganini aytib o'tamiz.


G'OLIBLAR
1. "Navbahor". Namagan klubi o'tgan yil o'z futbolchisi uchun kurashda yutqazgandi, ammo "Paxtakor" bilan muzokara o'tkazmasdan boshqa yo'llarni ishga soldi (O'FA saytiga ko'ra, Turg'unboev 3 dekabr kuni "Navbahor" tomonidan bosim bo'lganini aytgan) va "Paxtakor" bilan tuzilgan shartnomani bekor qildira oldi. Endi diskvalifikaciya muddati tugagach "Navbahor" katta ehtimol bilan Turg'unboev bilan yangi shartnoma tuzadi. "Paxtakor"ga hech qanday tovon puli to'lamaydi.
2. Turg'unboev. Ha, u diskvalifikaciya qilindi. Ammo ikkita jamoa bilan shartnoma tuzgach jazolanmay qolmasligi mumkin emasdi. Diskvalifikaciya 9 iyul kuni tugaydi, bu esa 6 oydan kamroq. Agar Turg'unboev ishtirok etgan so'nggi rasmiy o'yindan (21 yanvar kuni Osiyo Kubogida Avstraliyaga qarshi) boshlab hisoblasak ham 6 oy bo'lmayapti. U "Paxtakor" bilan shartnomasini aynan Osiyo Kubogidan so'ng bekor qilishni istadi va "Navbahor" bilan yig'inga Qrimga ketdi. Turg'unboev belgilanganidan kamroq diskvalifikaciya olgani uning omadi.



YUTQAZGANLAR
1. "Paxtakor".
Toshkent klubi qonuniy ravishda shartnoma tuzgan, O'FA va OFK tomonidan ro'yxatdan o'tkazgan futbolchisidan ayrildi. Bundan tashqari shartnoma endi bekor qilindi va futbolchi hech qanday tovon pulisiz boshqa klubga ketishi mumkin.

Futbolchi 3 dekabr kuni PFL/O'FAga ariza bilan murojaat qilgan va "Navbahor" tomonidan bosim bo'layotganini aytgan hamda "Paxtakor"da o'ynash istagi borligini malum qilgan (har holda O'FA saytida shunday yozilgan). Ammo ikki oy ichida bosim kamaymagan shekilli va futbolchi shartnomani buzish darajasigacha borgan. Endi kim O'FAning himoya qilamiz degan gaplariga ishonadi? Turg'unboev murojaat qilgandi, barchasi nima bilan tugadi?, - deb yozadi Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика