20 fev 2024 16:49

"Al Ayn" - "Nasaf" uchrashuvini o'zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan hakam boshqarib boradi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Ertaga, 21 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi javob bahslar bo'lib o'tadi.

O'zbekistonning "Nasaf" klubi safarda BAAning "Al Ayn" klubi mehmoni bo'ladi.

Ushbu uchrashuvni ayni paytda Avstraliya fuqarosi bo'lan asli eronlik Alirizo Fag'oni boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Unga qanotlarda Anton SHchetinin va Jorj Lakrinidis yordam berishadi. Kim Jorj Aleksandr zaxira hakami sifatida ishlaydi. 38 yoshli ayol Keyt Yacevich VAR hakami bo'ladi.

Alirizo Fag'oni bir necha bor terma jamoa va klublarimiz ishtirokidagi o'yinlarni boshqargan. Eng mashhurlaridan biri 2010 O'zbekistonda o'tgan U-16 Osiyo chempionati finali bo'lga. O'shanda Aleksey Evstafeev boshchiligidagi O'zbekiston KXDRga qarshi finalda o'ynagan. Fag'oni o'sha bahsda Sardor Rahmonov va Abbosbek Maxstalievni maydondan chetlatgan. 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin o'sha paytdagi O'FF rahbari Mirabror Usmonov Fag'oni bilan so'rashishni ham istamagandi.

"Nasaf" klubining guruh bosqichida "Al Sadd"ga qarshi kechgan bahsini aynan Fag'oni boshqarib borgandi.

Alirizo Fag'oni boshqargan o'yinlar:
2023 "Nasaf" - "Al Sadd" 3:1
2015 "Bunyodkor" - "Al Jazira" 2:1
2015 O'zbekston - KXDR 3:1
2013 "Bunyodkor" - "Poxang Stilers" 2:2
2011 KXDR - O'zbekiston 0:1
2011 Xitoy - O'zbekiston 2:2
2010 O'zbekiston U-16 - KXDR U-16 - 0:2





OCHL, 1/8 final, javob o'yini
"Al Ayn" - "Nasaf"
21 fevral 2024 yil. Al Ayn, "Hazza bin Zayd" staioni. 21:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Alirizo Fag'oni (Avstraliya)
Qanot hakamlari: Anton SHchetinin va Jorj Lakrinidis (ikkalasi Avstraliya)
Zaxira hakami: Kim Jorj Aleksandr (Avstraliya)
VAR: Keyt Yacevich (Avstraliya)
AVAR: Jon Kirni Robinson (Avstraliya).


AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur

21/02/2024, 21:00

Al-Ain

2 : 1

Nasaf Qarshi

Tugadi
Kodjo Laba - 55'
Soufiane Rahimi - 90'
Akmal Mozgovoy - 51'
Match-senterda ochish

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +8 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика