

26 yoshli futbolchi yangi jamoasiga yozda tekinga qo'shiladi.
Mavsum oxirida futbolchining myunxenliklar klubi bilan shartnomasi tugaydi. U taklif qilingan moliyaviy shartlardan qoniqmagani uchun shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bora olmadi.
Shuningdek, Zyulening ketish qaroriga "Bavariya"ning u bilan uzoq vaqt aloqaga chiqmagani ta’sir ko'rsatgan.
Eslatib o'tamiz, Niklas "Bavariya"da beshinchi mavsumini o'tkazmoqda.



