Zyule ortidan "Bavariya"ning yana bir muhim futbolchisi uzoq vaqtga safdan chiqdi

Alisher
23 okt 2019, 13:20
"Bavariya" markaziy himoyachisi Lyuka Ernandes to'pig'idan olgan jarohati sabab uzoq vaqtga safdan chiqdi.

YCHL 3-turi doirasidagi "Olimpiakos" (3:2) qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng myunxenliklar sport direktori Xasan Salixamijich bu haqda ma'lum qildi.

"U ancha vaqtga safdan chiqdi. Ko'rinib turibdiki, bir haftaga emas", - deydi Salixamijich.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" yaqinda asosiy markaziy himoyachilaridan biri Niklas Zyuleni mavsum oxiriga qadar yo'qotgan edi.

Lyuka Ernandes joriy mavsum 9ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal.com