Zuma Sanderlendga qarshi o'ynashi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 dek 2016
Chelsi futbolchisi Kurt Zuma jamoasi bilan navbatdagi o'yinda ishtirok etish uchun Sanderlendga jo'nab ketdi.

Antonio Konte shogirdlari bugun APL 16-turi doirasida "Sanderlend"ga qarshi maydonga tushadi va ushbu o'yinda ishtirok etishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatida fransiyalik himoyachi ham bor.

Avvalroq futbolchi og'ir jarohatdan so'ng, jamoaning yoshlar ligasidagi o'yinlarida ishtirok etishni boshlagani haqida xabar qilgandik.


Angliya Premer-Ligasi haqidagi xabarlarni TVITTER ijtimoiy tarmog'ida kuzatib boring!


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseanews.ru