Zukko muxlis tanlovi #5

Narzulla Saydullayev
23 okt 2013
Bugun chorshanba, odatdagidek Baxtiyor Shirinov tomonidan o'tkazilayotgan Zukko muxlis tanlovi bo'lib o'tadi.
O'tgan to'rt bosqichda tanlovimizda faol qatnashgan muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz.

Tanlovni yanada qiziqarli va keng qamrovda o'tishini xohlab, bundan buyon savollar test ko'rinishida hukmingizga havola etiladi.

Quyidagi test savollariga eng birinchi va eng ko'p to'g'ri javob bergan ishtirokchi g'olib bo'ladi. Bitta ishtirokchi ikki va undan ortiq javob bersa uning faqat dastlabki javobi qabul qilinadi. Shu bois birinchi javobingizni aniq yozing. Keyingilari hisobga o'tmaydi. Barchaga omad! (Javoblarni 1A, 2A, 3A.. shaklida yozib qoldiringlar)


Zukko muxlis tanlovi # 5:
1.   Oliy liga uchrashuvida bir jamoa sharafini himoya etgan uch aka-uka qaysi punktda to'g'ri ko'rsatilgan?

A) Aka-uka Hoshimovlar va Bozorovlar.
B) Aka-uka Do'rmonov va Tojievlar.
S) Aka-uka Bozorov va Tojievlar.
D) Aka-uka Kapadze va Hoshimovlar.

2.   Chempionatimiz tarixida jamoasi bilan 2 o'yinda g'alaba qozonib keyin texnik mag'lubiyat sabab yutuqdan mahrum bo'lgan darvozabon kim bo'lishi mumkin?
A) Oleg Qahhorov, B) German Bejdenejnix, S) Pyotr Gizimchuk, D) Qobil Olimjonov.

3.   O'zbekiston oliy ligasida nechta uchrashuvni xorijlik hakamlar boshqarishgan?
A) 6ta.
B) 10ta.
S) 4ta.
D) 5ta.

4.   O'zbekiston chempionatlarida eng ko'p o'yin boshqargan Noil Lutfullin hisoblanadi. U necha marta oliy liga bosh hakamligini bajargan?
A) 282, B) 251, S) 274, D) 260

5.   O'zbekiston chempionatida bir jamoa eng ko'p necha marta nomini o'zgartirgan?
A) 6, B) 5, S) 7, D) 4.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia