"Zomin" futbolchilari oliy liga klublarining nigohida

14 dek 2014, 17:40
Birinchi liga ishtirokchisi Jizzaxning "Zomin" klubidan kelasi yil bir qator o'yinchilar oliy liga klublariga yo'l oladigan bo'lmoqda.

Aytishlaricha, jamoaning to'pupar o'yinchisi Doniyor Ismoilovga "Olmaliq"dan taklif bo'lgan. Shu bois 20 yoshli hujumchi yaqinda olmaliqliklarning yig'inida ishtirok etadi. Ma'lumot uchun Ismoilov joriy mavsum o'z hisobiga 14ta gol yozdirib qo'yishga erishdi.

Bundan tashqari "Zomin"ning yana bir iqtidorli a'zosi Doston Nurullaev ham jamoasini o'zgartirish arafasida. 1997 yilda tavallud topgan futbolchi bu yil zominliklar tarkibida o'zini ko'rsatishga erishdi. Natijada uning iqtidorini payqagan "Paxtakor" murabbiylari Nurullaevga shartnoma taklif qilgan.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Doston "sherlar" bilan kelishuvga erishgan.   


Manba: championat.asia