Zola Kalyari bosh murabbiyiga aylandi

Narzulla Saydullayev
25 dek 2014, 10:00
Italiyaning Kalyari klubiga Janfranko Zola bosh murabbiy etib tayinlandi.
48 yoshli murabbiy ushbu lavozimda jamoaning muvaffaqiyatsiz natijalari tufayli iste'foga chiqarilgan Zdenek Zemanni o'rnini egalladi.

16 turdan so'ng Kalyari Italiya A seriyasida 12 ochko bilan 18-o'rinda bormoqda.

Zola Kalyarida 28 dekabrdan ishga kirishadi. Bosh murabbiyga Perluiji Kaziragi yordam beradi.

Eslatib o'tamiz, Zola futbolchilik faoliyatini aynan Kalyarida tugatgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru