Zohir Qo'ziboev terma jamoadagi ilk o'yinida gol urdi

Aziz Tukhtamuradov
27 mar 2015
"Mashal" jamoasidan terma jamoaga chaqiruv olgan futbolchi Zohir Qo'ziboev o'z debyutini Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda nishonladi.

U shuningdek, terma jamoadagi ilk o'yinining  33-daqiqasida gol muallifiga aylandi.

Bungacha esa Maksim Shackix, Igor Shkvirin, Jafar Irismetov, Azamat Abduraimov, Shuhrat Maqsudov, Sergey Lebedev, Bahodir Nasimov, Farhod Tojiev, Sardor Rashidov, Rustam Abdullaev, Aziz Ibragimov, Vladimir Maminov, Zayniddin Tojiev, Georgi Georgiev, Ulug'bek Ro'zimov, Vohid Shodiev, Sergey Andreev, Aleksey Dionisiev, Rustam Zabirov, Eldor Qosimov, Ilyos Qurbonov, Yannis Mandzukas, Ibrohim Rahimov, Shavkat Salomov kabi futbolchilar ham terma jamoa safidagi ilk o'yinlarida gol muallifiga aylanganlar.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia