Zohir Pirimov: "Harakter ko'rsata oldik"

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2020
"Buxoro" jamoasi Coca Cola Superliga 4-turiga kelib mavsumdagi ilk ochkosini ishladi.

"Buxoro" jamoasi bugun ma'lum sabablarga ko'ra "Andijon"ni Muborakdagi "Bahrom Vafoev" stadionida qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda so'ngi daqiqalarda urilgan gol buxoroliklarga bir ochko olib keldi. Bellashuvdan so'ng esa zahiradan maydonga tushgan futbolchi Zohir Pirimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qo'limizdan kelgancha qisqa fursat mobaynida "Andijon" bilan o'yinga hozirlik ko'rdik. Jamoadoshlarim ilk daqiqalardan yomon harakat qilishmadi. Murabbiyimiz aytganidek keraksiz penalti barchasini o'zgartirib yubordi. Natijada hujumga o'tdik va o'yinimizni o'zgartirdik. Lekin, yana penaltidan gol o'tkazib yubordik. Hech bo'lmasa bir ochko ishladik. Mag'lubiyatga uchramadik. 

Jismoniy tomondan rosti qiynaldik. Chunki, hali etarli darajada tiklanishga ulgurmaganmiz. Keyingi turga qadar tezroq formaga kirib olishga harakat qilamiz. Oxirgacha kurashdik. Futbol hakam hushtagi chalingunigacha o'ynaladi. Umumiy qilib aytganda harakter ko'rsata oldik. Bu bizning kayfiyatimizga ijobiy ta’sir qiladi degan umiddaman",- deydi Zohir Pirimov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia