Zlatan Ibragimovich: "Mbappega PSJni tark etishni maslahat berganman"

Aslanov Jasurbek
1 dek 2021, 19:22
"Milan"ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich Kilian Mbappening kelajagi haqida gapirdi.

"Kilian Mbappega PSJni tark etishni maslahat berganman. Unga "Real Madrid"dagi kabi tizimliroq muhit kerak", - dedi Ibragimovich.

Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Yoz faslida forvard erkin agent sifatida "Real"ga o'tishi mumkin. Shu bilan birga, Mbappe qishda Madrid klubi bilan dastlabki shartnomani imzolash huquqiga ega hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere della Sera