Zlatan Ibragimovich "Loryan"ga qarshi o'ynay olmaydi
Narzulla Saydullayev
1 noya 2013, 09:16
Pari Sen-Jermen hujumchisi Zlatan Ibragimovich Fransiya chempionatining 12-turida Loryanga qarshi maydonga tusha olmaydi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Shvetsiyalik futbolchining tizzasida muammo bor va u biroz xordiq chiqarishi lozim. PSJ ustozi Loran Blan jarohatini tuzatib safga qaytgan Xaver Pastoreni maydonga tushirishi mumkin.