Zlatan Ibragimovich: "Klub prezidenti bilan uchrashuvdan so'ng "PSJ"da qolishga qaror qildim"

Narzulla Saydullayev
26 sen 2013, 21:05
"PSJ" hujumchisi Zlatan Ibragimovich klub bilan shartnomasini uzaytirgani haqida o'z fikrlarini bildirdi.
31 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2016 yil yoziga qadar amal qiladi. Uning maoshi 13,8 million evrodan 15 millionga ko'tarildi.

– Shartnomani uzaytirishimdan oldin agentim bilan bir qator klublar bog'lanishdi. Ammo "PSJ" prezidenti bilan uchrashuvdan so'ng qolishga qaror qildim. Biz kelisha oldik. Klub ham, men ham xursandmiz. Umid qilamanki, biz katta g'alabalarni qo'lga kirita olamiz, – deydi Ibragimovich ESPN ga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net