Zlatan Ibragimovich Andrey Shevchenkoning rekordini ikkinchi marta takrorladi

2 noya 2020, 07:52
“Milan” A Ceriya 6-turi doirasida “Udineze”ga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda milanliklarning g'alaba goliga Zlatan Ibragimovich mualliflik qildi. 39 yoshli shved A Ceriya doirasida ketma-ket 6 ta o'yindan beri gol urmoqda. Natijada Zlatan bu borada klub rekordini takrorladi. Chempionat doirasida g'alaba uchun 3 ochko berilishini boshlagan vaqtdan beri “Milan” safida ilk bor bunday ceriyani Andrey Shevchenko 2001 yilda qayd etgandi. Ukrainalik hujumchi A Ceriyaning dastlabki 6 ta turida gol urgandi. Ikkinchi marta esa ushbu ishni qilish 2012 yilda Zlatanning o'zi nasib etgan.

Agar Ibra 8 noyabrga belgilangan A Ceriyaning navbatdagi tur bahsida “Verona”ga gol uradigan bo'lsa, mutlaq rekordini o'rnatadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express