Zinedin Zidan: Marseloning 86-daqiqadagi goli? Realning istalgan futbolchisi istalgan payt gol urishi mumkin

Narzulla Saydullayev
30 apr 2017, 09:21
Real bosh murabbiyi Zinedin Zidan Valensiyaga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

Bugun qiyin bo'lishini bilardik. Ikkinchi golni urmaganda doim raqib to'p kiritib qo'yishi mumkin, bugun shunday bo'ldi.

Tarkibimizda istalgan futbolchi istalgap paytda gol urishi mumkin. Bugun buni Marselo amalga oshirdi.

Marselo va Karvaxal haqida

Ular ajoyib o'yin o'tkazishdi, ko'p hujumga o'tishdi. Ular jahonning 3-4 nafar qanot himoyachilari orasiga kirishadi.

Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi haqida

Muxlislarimiz bizga dalda kerakligini bilishadi. Muxlislar bizga ikkinchi golni urishda yordam berishdi.

Xames haqida

U yaxshi ishladi. U va butun jamoadan qoniqdim.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com