
Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisining takidlashicha, dunyodagi hech bir o'yinchi buncha narxga arzimaydi. Bundan 12 yil oldin Zidanning “Yuventus”dan “Qirollik klubi” safiga 75 million evro evaziga o'tgani, yevropa futbol bozorida rekord o'rnatgan edi.
- 75 million evro evaziga “Real”ga o'tgan paytimda, bunday narxga arzimasligimni aytganman. Hozir ham hech bir o'yinchi bunday narx turmaydi deb o'ylayman. Bu mantiqqa to'g'ri kelmayda, - Zidanning so'zlarini keltiradi Reuters.