

Bu o'yinni tezroq unutishni istayman, barchasi biz xohlagandek kechmadi. Uch ochko olganimizdan xursandman. Yomg'ir? Ikkala jamoa ham bir xil sharoitda o'ynadi.
Pepe – muhim o'yinchi, maydonga qaytganidan xursandman. U hech qanday og'riqni his qilmayapti.
Realda o'ynagan yillarimdan birida uzoq vaqt peshqadam bo'lib turib yakunda chempion bo'la olmagandik, shu bois hali nimadir deyishga erta, – deydi Zidan.



