Ziesh yozda "Chelsi"dan kyetishi mumkin

Mirjalol Normatov
13 apr 2021
"Chelsi" forvardi Hakim Ziesh yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasi vaqtida jamoadan kyetishi mumkin.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi London klubida taqdim qilinayotgan o'yin amaliyoti kamligidan mamnun emas. Tomas Tuxelning kelganidan keyin jamoada uning xizmatiga kamroq extiyoj sezilmoqda. Buni uning 7 marta o'yinlarda zaxirada qolib ketganidan bilib olish mumkin.

Ushbu mavsumda Ziesh barcha turnirlarda 28 o'yinda qatnashib, 4 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato