Ziesh faoliyatini boshqa London klubida davom ettirishi mumkin

Alisher
24 avg 2022, 16:54
"Chelsi" yarim himoyachisi Xakim Ziesh transfer oynasi so'nggiga qadar boshqa London klubiga o'tishi mumkin.

Marokashlikka Antonio Konte boshqarayotgan "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.

London klubi futbolchi uchun kurashda Amstyerdamning "Ayaks" bilan raqobat qilishga tayyor. "Chelsi"ning Zieshni o'zining to'g'ridan-to'g'ri raqobatchisiga qo'yib yuborish ehtimoli kam.

Ziesh yaqinda "Ayaks" rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi va ehtimoliy qaytishni muhokama qildi. Amstyerdam klubi Antonini "Manchester Yunayted"ga sotsa, marokashlikni qaytarishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AD Sportwereld