Ziesh "Barselona"ga o'tishi mumkin

Оқил Абдубарноев
20 yanv 2023
"Chelsi" yarim himoyachisi Xakim Ziesh tez orada Kataloniyaning "Barselona" klubiga o'tishi mumkin.

Sport nashrining xabar berishicha, Qatardagi jahon chempionatida yaxshi o'yin ko'rsatgan marokashlik futbolchiga “ko'k-anorranglilar” qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" PSVning 20 yoshli o'ng qanot vingeri Noni Maduekeni 35 million evro evaziga sotib olishiga yaqin turibdi. Shu sababli, Zieshning o'yin amaliyoti yanada qisqarishi mumkin. Futbolchi mavsum o'rtalarida klubini o'zgartirishga tayyorligini anchadan buyon ochiqlab kelgan.

29 yoshli futbolchi "Chelsi"ga 40 million evroga tushgandi. Unga Italiyaning amaldagi chempioni "Milan" qiziqish bildirmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sport