Zidanning qo'ng'irog'i muhim rol o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2013
Agar senga Zinedin Zidanning o'zi qo'ng'iroq qilib seni “Real Madrid”da o'ynashingni xohlashini aytsa bu sizga qattiq ta’sir qilishi aniq.
Uning qo'ng'iroq qilishi haqiqiy sharafdir, shuning uchun xam yo'q degan javobni berish ilojsiz. Oldinroq bu ish Isko bilan sodir bo'ldi, xozir esa Aser Ilyarramendi bilan ro'y beryapti. Zidannig ta’siri kuchli, Ilyarramendi ham bunga qarshi emas. Fransiyalik afsonaning qo'ng'irog'i mutrikulilikni keyingi mavsumda oq libosda ko'rishga etarli bo'lishi xam mumkin.

Francuz “Real Sosedad”ning yosh yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolanishiga faol qatnashmoqda. Aser Ilyarramendi 21 yoshlilar o'rtasidagi Yevropa Chempionatida qatnashib yaxshi taassurot qoldirgan. Zidan mobil telefonini olib uning nomerini tergan va oldin Isko bilan sodir bo'lganidek uni “Bernabeu”da o'ynashga ko'ndirgan. Agar shunday davom etsa Zidan “Real Madrid”ga chaqiruvchi eng yaxshi brend bo'ladi.

U jamoaga faqat o'z ishi bo'yicha xizmat qilmasdan sport bo'yicha ham faol agentdir va u buni shu yozda isbotlab berdi. Uning maqsadi aniq – “Real Madrid”ni yosh va o'zi kabi mahoratli futbolchilardan iborat jamoa bo'lishini xohlaydi.

Isko bilan ro'y bergan voqea: Manuel Pellegrini Iskoni Angliyaga olib kyetishga deyarli kelishgandi va uni “Manchester Siti”ga qo'shib olmoqchi edi. Lekin Zidan uning “yo'lini to'sdi” va futbolchi bilan gaplashib uni ko'ndirdi. Bir necha kundan keyin esa Isko “Bernabeu”da tanishtirildi.

Zidanning birinchi omadli transferi Rafael Varan bo'lgan. U kelajakda “Real Madrid”ning himoyasiga boshchilik qila oladigan yana bir futbolchidir. Zidan mahoratini maydonda ko'rsatgan va uning ta’siri hali ham saqlanib qolgan. Zidanga shunchaki yo'q deyishni iloji yo'q...
 

real-madrid.ru saytidan Javlonbek Yusupov tarjimasi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia