Zidaning 4 o'g'lidan 3 nafari "Real" yoshlari safida o'ynay olmaydi

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2016, 15:49
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning 4 o'g'lidan 3 nafari "Qirollik klubi"ning keyingi uchrashuvlarida o'ynay olmaydi.

Bunga sabab FIFAning "Real"ga nisbatan qo'llagan jazosidir. Oldinroq ushbu tashkilot "qaymoqrangilar"ni voyaga etmagan futbolchilar xaridi uchun 2 transfer oynasi mobaynida yangi futbolchi ro'yxatdan o'tkaza olmasligi borasida qaror chiqargan.

Zidaning uch o'g'li voyaga etmagan hisoblanadi va "Real" ularning ishtirokini to'xtatishga qaror qildi. Murabbiyning katta o'g'li Enco 20 yoshda va u "Real" safida o'ynashda davom etadi. "Real" FIFAdan Zidanning o'g'illari jamoa safida o'ynashda davom etishi qonunga muvofiqligi haqida javob kutmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal