Zidan Yovichga maslahat berdi

Eldor Akmurzayev
19 sen 2020
“Real” ustozi Zinedin Zidan hujumchi Luka Yovich bilan suhbat o'tkazdi.

Fransiyalik mutaxassis Yovichga 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida boshqa jamoada o'tkazishi kerakligi maslahat bergan.

22 yoshli serbiyalik o'tgan mavsum “qaymoqranglilar” safida 26 o'yinda qatnashib, 2 tadan gol+pasni o'z hisobiga yozdirgan.

Avvalroq, futbolchining o'zi faoliyatini “Milan”da davom ettirishni xohlaytgani haqida gap-so'zlar tarqalgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As