Zidan: "Simeone - fantastik murabbiy"

Alisher
12 dek 2020
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "matraschilar"ga qarshi o'yin oldidan "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone haqida gapirdi.

"Har bir murabbiyning o'zining uslubi bor. Masalan men boshqacha odam bo'la olmayman, bundan tashqari murabbiylik uchun o'qigan kurslarimda men doim o'zimdek bo'lib qolishim kerakligini aytishgan.

Bu to'g'ri, sababi har bir insonning kamchiliklari va kuchli sifatlari bo'ladi. Sizga aniq ayta olamanki, Simeone fantastik murabbiy, u doim o'zidek qoladi", - deydi Zidan.

Eslatib o'tamiz, "Real" va "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi o'yin bugun bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com