Zidan "Sevilya"ga qarshi birinchi bahsda Ronalduni o'ynatmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
25 dek 2016, 12:27
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Sevilya"ga qarshi Ispaniya Kubogining 1/8 final birinchi uchrashuvida hujumchi Krishtianu Ronalduga dam bermoqchi.

Bahs 4 yanvar kuni bo'lib o'tadi, javob uchrashuvi esa bir haftadan so'ng bo'ladi. "Qirollik klubi" murabbiylar shtabi so'nggi oylarda mushaklari bilan muammo bo'lgan portugaliyalikni asramoqchi.

Ronaldu "Sevilya"ga qarshi o'tkazib yuborishi mumkin, ammo "Granada" bilan bo'ladigan LaLiganing 17-tur bahsida jamoasiga yordam bera oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marc