

Portugaliyalik forvard "Sevilya"ga qarshi LaLiganing 37-tur uchrashuvida dubl qayd etib, jamoasining g'alabasiga (4:1) xissa qo'shdi.
"Ronaldu haqida nima deyishim mumkin? Unda boshqalardan ajralib turadigan jihat bor. Ikkinchi goli esa... Kroosdan yaxshi pas bo'ldi, Ronaldu esa zarba beradigan joyni topdi. Ammo u qilgan ish gollardan afzalroq. Ronaldu muhim pallalarda doimo "Real"ga yordam bergan" - deydi Zidan.



